Yangiliklar

img
Wed, 06/15/2022 - 10:49

Aholini roʻyxatga olish

Aholini ro`yxatga olish — O`zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning muayyan hududlarida o`tkaziladigan, belgilangan sanada aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy tavsiflarini belgilovchi shaxsga doir ma’lumotlarni yig`ish hamda ularga ishlov berish davriy jarayoni hisoblanadi.

Aholini ro`yxatga olishning asosiy maqsadi O`zbekiston Respublikasida aholi tarkibining holati va rivojlanish dinamikasi haqida mamlakatni sosial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlarini belgilash va amalga oshirish uchun zarur bo`lgan ishonchli va xolis axborotni olishdan iboratdir.

Aholini ro`yxatga olishning asosiy vazifalari

  • Aholini ro`yxatga olish sohasini davlat tomonidan tartibga solish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O`zbekiston Respublikasida aholini ro`yxatga olishni o`tkazishga ko`maklashish bo`yicha respublika komissiyasi, aholini ro`yxatga olish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o`z vakolatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Aholini ro`yxatga olish dasturi savollari

Shaxsga doir ma’lumotlarni yig`ish va ularga ishlov berish natijasida shakllantirilgan yig`ma statistik axborot aholini ro`yxatga olishning yakuniy ma’lumotlaridir.