Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning ahamiyati targ‘ib etilmoqda
Joriy yilning 24-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida aholini hamda qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlarini oʻtkazishning ahamiyati va mazmun-mohiyati boʻyicha targʻibot jarayonlari izchil tashkil etilmoqda. Ushbu jarayon mamlakat miqyosida olib borilayotgan yirik statistik tadbirlarning muhim bosqichi sifatida ko‘rilib, universitet jamoasi tomonidan ham faol qo‘llab-quvvatlanmoqda. Avvalo, o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida aholini ro‘yxatga olishning maqsadi, mazmuni hamda davlat uchun ahamiyati haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Shu maqsadda “Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish” mavzusida davra suhbatlari, seminar-treninglar va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Talabalar o‘rtasida ro‘yxatga olish jarayonida to‘g‘ri ma’lumot berish madaniyati, statistik hisob-kitoblarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni haqida keng targ‘ibot ishlari o‘tkazildi.Shuningdek, universitetning turli fakultetlarida “Qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning ilmiy va amaliy ahamiyati” mavzusida ochiq ma’ruzalar o‘qildi. Talabalar uchun ro‘yxatga olishda ishtirok etuvchi ko‘ngillilar tayyorlandi, ularning ma’lumot to‘plash, so‘rovnoma o‘tkazish, elektron bazalar bilan ishlash ko‘nikmalari mustahkamlandi.Mazkur yo‘nalishda universitet rahbariyati, Yoshlar ittifoqi va Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamkorligida o‘quv-ilmiy va tashkiliy ishlar tizimli davom ettirilmoqda. Ushbu faoliyat nafaqat ro‘yxatga olish jarayoniga sifatli tayyorgarlikni, balki yoshlarning ijtimoiy faolligi va statistik madaniyatini oshirishga xizmat qilmoqda.



