
Ahmad Yassaviy universitetida samarali stajirovka
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili va adabiyoti ta’limi kafedrasi professor-o‘qituvchilari R.Niyozmetova, T.Yusupova, S.Qambarova, M.To‘ychiyeva va O.Turakulovalar 2025-yil 14–19-aprel kunlari xalqaro hamkorlik doirasida Qozog‘istondagi Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universitetida stajirovka o‘tadilar. Stajirovka davomida universitetning Filologiya fakulteti rahbariyati, kafedra professor-o‘qituvchilari, kutubxona va ilmiy tadqiqot bazasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, Turkiy filologiya fakultetining o‘quv dasturlari, ilmiy yo‘nalishlari, dars jarayonlari o‘rganilib, ma’ruzalar tinglandi, talabalarning mustaqil ishlash ko‘nikmalari tahlil qilindi. Fakultet talabalari bilan davra suhbatlari tashkil etilib, o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitishga oid zamonaviy metodlar yuzasidan ma’ruzalar o‘qildi. Stajirovka yakunida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida akademik mobillik bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ushbu tashrif universitetlar o‘rtasidagi madaniy va ilmiy aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, O‘zbek tili va adabiyoti ta’limi kafedrasi professor-o‘qituvchilarining ilmiy va metodik faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.