Yangiliklar

img
Mon, 09/23/2024 - 15:31

Adiblar xiyobonida talabalar sayli bo'lib o'tdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024 yil 1-avgustdagi 275-son buyrug‘ining 5-ilovasi bilan  “Adiblar xiyobonida o‘tkaziladigan tadbirlarning samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha 2024-2025-o‘quv yiliga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi” tasdiqlangan. Unga ko'ra 23-sentabr kuni Adiblar xiyobonida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti  tyutorlari va talabalari birgalikda "Milliy qadriyatlar sayli" tanlovini, "Besh muhim tashabbus" doirasida talabalar festivali, “Zakovat” intellektual o'yinlarini o'tkazildi. Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor G.Jurayeva ochib berdi, hamda barcha ishtirokchi talabalarga omad tiladi. Shundan so'ng, xiyobondagi muazzam Alisher Navoiy haykali qarshisida kitobxonlik mavzusiga oid interaktiv o‘yinlar hamda bilimlar estafetalari tashkil qilindi. Talabalar ishtirokida sportning kurash, arqon tortish, voleybol turlari bo‘yicha musabaqalar bo‘lib o‘tdi.