Yangiliklar

img
Mon, 05/20/2024 - 14:50

Adiblar xiyobonida musavvirlar kuni

20-may kuni Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida noodatiy tadbir bo'lib o'tdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 17-apreldagi “Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida tashkil etilayotgan ma’naviymadaniy tadbirlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi 121-son buyrug‘ining 1-ilovasi 13-bandida Adiblar xiyoboniga tashrif buyuruvchilarning grafika yo‘nalishida portretini joyida chizib beruvchi rassomlar uchun zarur sharoitlar yaratish va taniqli rassomlarni bu ishga jalb etish vazifasi belgilangan edi. Ushbu topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bilan hamkorlikda musavvirlar kuni tashkil etildi. 
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti o‘qituvchisi Salomat Isaqulova  va grafika yo‘nalishida portretini joyida chizib beruvchi  talaba-yoshlar  Fotima Xolboboyeva, Odinaxon Ma’murjonova, Yulduz Izzatullayeva, Asilabonu Xasanovalar xiyobonga tashrif buyuruvchi mehmonlarning suratlarini ishlab, o'z iqtidorlari bilan barchani lol qoldirishdi. 
An'anaga muvofiq Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari tomonidan xiyobonda  mushoira o'tkazildi, badiiy chiqishlar yig'ilganlar e'tiboriga havola etildi.