
Wed, 05/01/2024 - 15:11
Adiblar xiyobonida hisobot konserti
Adiblar xiyoboni tom ma'noda ma'rifat maskani, yoshlarning eng sevimli joyiga aylangan. Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAU talabalari ishtirokida yil davomida mazkur xiyobonda qator tanlovlar, sport musobaqalari, mutolaa kechalari, mushoiralar o'tkazildi, intellektual bellashuvlar, festivallar tashkil etildi. Joriy yilning 1-may kuni tashkil etilgan qoʻshiqlar, videoroliklar, tasviriy sanʼat va badiiy asarlari tanlovi yakuni boʻyicha hisobot konserti bo'lib o'tdi. Ushbu konsertda talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar yig'ilganlarga manzur bo'ldi. Hisobot konsertidan o'rin olgan talabalarning kuy-qo'shiqlari, she'riy kompozitsiya va sahna ko'rinishlari mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi.