
“Adiblar xiyoboni” – ma’naviyat maskani!
Joriy yilning 27-sentabr kuni Adiblar xiyobonida universitetimiz talabalari va tyutorlari tomonidan ajoyib tadbir tashkil etildi. Ma’lumki, bugungi kunda bu xiyobon tom ma'noda ma'rifat maskani, yoshlarning eng sevimli joyiga aylangan. Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAU talabalari ishtirokida yil davomida mazkur xiyobonda qator tanlovlar, sport musobaqalari, mutolaa kechalari, mushoiralar o'tkazildi, intellektual bellashuvlar, festivallar tashkil etildi. Bugun tashkil etilgan tanlovlar yakuni boʻyicha hisobot konserti bo'lib o'tdi.
Mazkur tadbirda Universitet Ma’naviyat va yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i S.Eshbo‘riyev va yoshlar yetakchisi M.Sodiqov boshchiligida xorijlik talabalar, tyutorlar hamda talaba yoshlar ishtirok etdi.
Universitetda tahsil olayotgan adabiyotga qiziqishi baland bo‘lgan yoshlarning chiqishlari qolgan tengdoshlarining ijodiga va she’riyatga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirdi.
Hisobot konsertidan o'rin olgan talabalarning kuy-qo'shiqlari, she'riy kompozitsiya va sahna ko'rinishlari tashrif buyurgan mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi.