Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon kafedrasi !

img

         2016-yil 13-maydagi PF-4797-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashkil etilgach, O‘zbek filologiyasi fakulteti tarkibida Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon kafedrasi  tashkil etildi. 

Kafedraning asosiy faoliyati talaba-yoshlarga adabiyotshunoslik, adabiyot nazariyasi, o‘zbek  adabiy tanqidi tarixi, o‘zbek va jahon adabiyoti masalalarini qiyosan o‘rganish, zamonaviy adabiy  jarayon muammolarini  ta’lim bosqichlarida  samarali o‘qitish, jahon standartlari talablari darajasida filolog-pedagog kadrlarni tayyorlash, shu asosda ilmiy-nazariy adabiyotshunoslikni takomillashtirishga xizmat qiladi. Kafedra O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi o‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan muntazam ish olib boradi. Kafedra professorlari B.Karimov va A.Ulug‘ovlar uyushma a’zosi hisoblanadi.  

Kafedra mudiri: f.f.d., professor Karimov Bahodir  Nurmetovich

Kafedrada tarkibi: 1 nafar akademik, 2 nafar fan doktori, 2 nafar professor, 3 nafar fan nomzodi va 4 nafar PhD faoliyat yuritadi.

Kafedra ilmiy salohiyati  100 %. 

Kafedraning ustuvor yo‘nalishlari:

  • o‘zbek adabiyotini o‘qitishga xorijiy tajribalarni olib kirish;
  • yangi texnologiyalar va zamonaviy  axborot vositalaridan foydalanish;
  • dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi tajribali professor-o‘qituvchi bilan xalqaro ilmiy-amaliy loyihalarni ishlab chiqish;
  • xorijiy davlat universitetlari bilan onlayn darslarni tashkil etish va o‘zaro tajriba almashish
  • xalqaro seminarlar o‘tkazish hamda ushbu yo‘nalishda uzluksiz  hamkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Kafedra tomonidan o‘qitiladigan yo‘nalish va mutaxassisliklar:

Magistratura mutaxassisliklari:  

 70230502 – Adabiyotshunoslik (O‘zbek adabiyoti)

70230502 – Adabiyotshunoslik (Oliy adabiyot kursi)

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari: 

 5120100 Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili).

Tayanch doktorantura:

10.00.02.O‘zbek adabiyoti.

10.00.07Adabiyot  nazariyasi

 

Kafedrada o'qitiladigan fanlar


Adabiy tanqid nazariyasi (1-kurs, 70230502-Adabiyotshunoslik (O'zbek adabiyoti))
Adabiy nazariy tafakkur tarixi (1-kurs, 70230104- Adabiyotshunoslik (Adabiyot nazariyasi))
Adabiyotshunoslik asoslari (1-kurs, 60230900- Folklorshunoslik va shevashunoslik)
Adabiyotshunoslik (1-kurs, 70230104- Adabiyotshunoslik (O'zbek adabiyoti))
Bolalar adabiyotining nazariy muammolari (1-kurs,70230104- Adabiyotshunoslik (Adabiyot nazariyasi))
Badiiy mahorat sirlari (2-kurs,70230502 -Adabiyotshunoslik (Oliy adabiyot maktabi)
Hozirgi adabiy jarayon va yangi o'zbek adabiyoti (1-kurs, 5120100- Filologiya va tillarni o'qitish (O'zbek tili))
Yangi o'zbek adabiyoti muammolari (1-kurs, 70230104- Adabiyotshunoslik (Adabiyot nazariyasi))