Adabiy to‘garaklar faoliyatidan
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida haftaning chorshanbasi to‘garaklar kunidir. Joriy haftada ham barcha to‘garaklarda qiziqarli mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi.
Ona tili va adabiyot ta’limi fakultetining qalamkash talabalaridan iborat "Ilhom" to‘garagining ilk yig‘ini ijodiy uchrashuv ko‘rinishida tashkil etildi. Ijodiy kechaga Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, yozuvchi Dilshod Rajab tashrif buyurdi. Shoir Dilshod Rajab o‘zining adabiyot haqidagi, hozirgi adabiy jarayon haqida fikrlarini talabalar bilan o‘rtoqlashdi. O‘z yozgan she’rlaridan ham o‘qib berdi. To‘garak yakunida iqtidorli talabalarning ham ijod namunalari tinglandi. Shoir tomonidan yosh qalamkashlarga kitob va esdalik sovg‘alari ulashildi.
O'zbek filologiyasi fakultetida faoliyat yuritayotgan "Hilol" ijodiy to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti mehmoni iste'dodli va otashnafas ijodkor Shahriyor Shavkat bo‘ldi. Mashg‘ulot mobaynida to'garak ishtirokchlari shoir hayoti, ijodiy faoliyati, qarashlari, she'riyat, umuman, adabiyot haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Eslatib o'tamiz, to‘garak har chorshanba soat 10:30 da A-bino, 319-xonada bo'lib o'tadi.

To‘garak faoliyatiga hamda tengdoshlar ijodiga qiziqayotgan, she‘r yoki hikoya yozib, uni yanada shakllantirishni istayotgan boshqa OTM talabalari va adabiyot shinavandalarini ham kutib qolamiz!


