Adabiy ta’lim: nazariya va amaliyot uyğunligi
Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti Özbek adabiyoti va uni öqitiş metodikasi kafedrasi professor-öqituvçilari Marğuba Abdullayeva va Mahliyo Elboyeva universitetning 1-sonli talabalar turar joyida “Adabiy ta’lim: nazariya, amaliyot va yeçim” mavzusida talabalar bilan ijodiy davra suhbati ötkazişdi.
Davra suhbatida oliy ta’limda egallanayotgan nazariy bilimlarning maktab ta’limi bilan boğliqligi, ularni pedagogik amaliyot jarayonida qöllaş imkoniyatlari va yuzaga kelayotgan muammolar atrofliça muhokama qilindi. Xususan, 4+2 ta’lim tizimining talaba kasbiy tayyorgarligidagi örni, maktabdagi öquv jarayonini bevosita kuzatiş, nazariy bilimlarni dars jarayonida sinab köriş hamda olingan tajribani tahlil qiliş masalalariga e’tibor qaratildi.
Muloqotning asosiy yönalişlaridan biri maktablarda adabiyot öqitiş bilan boğliq muammolar va ularning amaliy yeçimlarini izlaş böldi. Adabiyot darslarida badiiy matn bilan işlaş, asar tahlilini taşkil etiş, öquvçilarning mustaqil fikrlaşi va badiiy-estetik tafakkurini rivojlantiriş, dars samaradorligini oşirişda öqituvçining metodik mahorati kabi masalalar yuzasidan fikr almaşildi.
Talabalar özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, pedagogik amaliyot davomida duç kelişlari mumkin bölgan vaziyatlar, darsni taşkil etiş va adabiy bilimlarni öquvçilarga yetkaziş usullari haqida fikr bildirdilar.
Bunday uçraşuvlar bölajak öqituvçilarning kasbiy tayyorgarligini mustahkamlaş, universitetda özlaştirilgan nazariy bilimlarni maktab amaliyoti bilan boğlaş hamda adabiy ta’lim sifatini oşirişga xizmat qiladigan muammolarga yeçim izlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.

