7 ta milliy dasturning mazmun-mohiyati muhokama qilindi
Bugun Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida talabalar iştirokida mamlakatimiz taraqqiyotining kelgusi ön yilligiga möljallangan 7 ta milliy dasturning mazmun-mohiyatiga bağişlangan davra suhbati taşkil etildi.
Taʼkidlaş joizki, Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bağişlangan tantanali marosimda ilgari surilgan mazkur dasturlar kelgusi ön yillikni Milliy yuksaliş davriga aylantiriş, inson qadrini yuksaltiriş va jamiyat taraqqiyotini yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgan.
Tadbir davomida öqituvçi Alişer Yarqulov milliy dasturlarning strategik maqsadlari, ustuvor yönalişlari va kutilayotgan natijalari haqida batafsil maʼlumot berdi. Xususan, bilim va malakani taraqqiyotning asosiy kapitaliga aylantiriş, aholi salomatligini mustahkamlaş, iqtisodiyotni yuqori texnologiyalar asosida rivojlantiriş, suv va ekologiya masalalariga munosabatni özgartiriş, sud mustaqilligi va qonun ustuvorligini taʼminlaş, mahalla institutining jamiyat hayotidagi rolini kuçaytiriş, şuningdek, tinçlik, döstlik va bağrikenglik muhitini mustahkamlaş masalalariga alohida töxtalib ötildi.
Muloqotda mazkur strategik vazifalarni amalga oşirişda yoşlarning örni va masʼuliyati, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallaş, ilmiy salohiyatni rivojlantiriş, jamiyat hayotida faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etiş muhimligi taʼkidlandi.
Davra suhbati savol-javob va özaro fikr almaşuvlar asosida davom etdi. Talabalar mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar, milliy taraqqiyot ustuvorliklari hamda kelajak avlod oldidagi vazifalar yuzasidan öz fikr va mulohazalarini bildirdilar.

