Xalqaro aloqalar bo‘limi
Tug‘ilgan sanasi: 24.09.1984
Millati: O‘zbek
E-mail: ozodahongulyamova@gmail.com
Kontakt: +998907886353
Qabul kunlari: 9:00 -18:00
Dushanba-shanba
MA'LUMOT
- Xorijlik talabalarni jalb qilish bo‘yicha chet eldagi soha doirasidagi tashkilotlar bilan ishlash;
- Xalqaro taʼlim ko‘rgazma va simpoziumlarda ishtirok etish;
- Xorijlik talabalarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish, madaniy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish;
- Doimiy o‘qish uchun kelgan, shuningdek, akademik almashinuv doirasidagi xorijlik talabalarning hujjatlarini va vizalarini rasmiylashtirish;
Xalqaro aloqalar bo‘limi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti xalqaro miqyosdagi ta’lim dargohi boʻlib, dunyoning koʻpgina davlatlaridan iqtidorli talabalarni oʻqishga qabul qilmoqda. Hozirda universitetda jami 5000 dan ortiq talaba tahsil oladi va ularning 200 dan ortigʻi xorijliklardir. Universitetimiz xorijlik talabalarga oʻqitishning interfaol usullari nuqtayi nazaridan ularning individual ehtiyojlariga muvofiq bir qancha taʼlim yoʻnalishlari, profillari va modullari hamda malakali mutaxassislar tomonidan tashkil etiladigan treninglar, laboratoriyalar va ijodiy seminarlarga taklif etadi. Agar Siz bu universitetda taʼlim olsangiz, mustahkam bilim va ajoyib xotiralarga ega boʻlasiz. Universitetimiz bitiruvchilari oʻz kelajaklarini yaratish barobarida unga yuksak ishonch bildira olishadi!
Xorijlik talabalar bilan ishlash bo‘limining maqsadlari:
- Xorijda universitetning tanilishiga erishish;
- Davlatlararo va idoralararo bitimlar asosida, shuningdek, ToshDO‘TAU hamda xorijiy ta'lim muassasalari, tashkilotlari bilan yoki individual shartnomalar (kontraktlar) asosida tuzilgan bitimlar (shartnomalar) asosida chet ellik talabalarni universitetda o'qishga jalb qilish bo'yicha ishlar olib borish;
- Universitetda professor-o‘qituvchilar va talabalarning akademik almashinuv, qisqa va uzoq muddatli stajirovka o‘tashlari uchun imkoniyatlar yaratish;
Xorijlik talabalar bilan ishlash bo‘limining vazifalari: