O‘ZBEK TILI TA’LIMI FAKULTETI

Fakultet O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  “Yangi O'zbekiston ma’muriy  islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son, “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 21-yanvardagi PF-14-son Farmoyishlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 26-iyuldagi “Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori” O‘zbekiston Respublikasining davlat standartiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 327-son buyrug‘i hamda universitet Ilmiy Kengashining 2023-yil 5-iyuldagi 11-sonli yig‘ilishi qarorida belgilangan vazifalar ijrosidan kelib chiqqan holda  Universitet rektorining 2023-yil  31-avgustdagi  01-167-sonli buyrug‘i asosida tashkil etilgan.  
Fakultetga o‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili,  kompyuter lingvistikasi,  sotsiologiya, noshirlik ishi, psixologiya (amaliy psixologiya) kabi ta’lim yo‘nalishlari,   o‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili,  kompyuter lingvistikasi mutaxassisliklari birlashtirilgan. 
Fakultetda 4 ta kafedra faoliyat yuritadi: 
O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili ta’limi
Ijtimoiy-gumanitar fanlar.  Kafedra mudiri: psixologioya fanlari nomzodi, dotsent Aslonov Ilhom Nizomovich.
Kompyuter lingvistikasi va raqamli texnologiyalar. Kafedra mudiri: texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Elov Botir Boltayevich.
Xorijiy tillar. Kafedra mudiri: filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Rashidova Nargiza Baxtiyarovna.
Fakultetda bir qancha xorijiy davlatlar OTM bilan hamkorlik oʻrnatilgan. Xususan, Qozon Federal universiteti, Moskva davlat lingvistika universiteti, Ozarbayjon davlat tillar universiteti, Ozarbayjon davlat pedagogika universiteti, Nijniy Novgorod davlat lingvistika universiteti, Anqara universiteti, Belorus davlat universiteti, Gumilev nomidagi Yevroosiyo universitetlari bilan samarali hamkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Fakultetda faoliyat ko‘rsatayotgan olimlar dunyoning turli xalqaro ilmiy markazlari, rivojlangan davlatlarda oʻz maqola, ilmiy izlanishlari, monografiya va o‘quv qo‘llanmalarini nashr qildirishgan.
Fakultet jamoasi turli ilmiy loyihalarda munosib ishtirok etmoqda. Xususan, “Turkiy tillarning lingvodidaktik platformasini yaratish”, “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish”, “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi ‒ o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” kabi loyihalar shular jumlasidan.  Fakultetda nomdor stipendiya sohiblari, “Yil talabasi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari, “Yosh kitobxon” respublika tanlovi sovrindorlari tahsil oladi.

Professor-o‘qituvchilar dunyo reytingida 1000talikka kirgan  OTMlarda ma’ruzalar o‘qib kelishmoqda.  Shuningdek,  xorijlik olimlar ham  fakultetda talabalarga ta’lim berishadi.
Fakultet professor-o‘qituvchilari tilshunoslik, adabiyotshunoslik, til  o‘qitish metodikasi, raqamli texnologiyalar, psixologiya, noshirlik ishi sohasida nafaqat respublikamizda, balki  xorijiy  mamlakatlarda ham e’tirof etilgan mutaxassislardir. 
Fakultetda 70 nafar professor-o‘qituvchi, jumladan, 5 nafar fan doktori,  10 nafar fan nomzodi, 25 nafar falsafa fanlari doktori (PhD)  ilmiy - pedagogik faoliyat olib boradi. 
Fakultet dekani: filologiya fanlari doktori, professor Muhamedova Saodat Xudoyberdiyevna.

Fakultetda quyidagi  ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:
60111400 -  O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili - boshqa millat vakillari uchun o‘zbek tili taʼlim, muloqot tili, turli masʼuliyatli lavozimlarda ishlash uchun zarur til bo‘lib, hayotning barcha jabhalarida nihoyatda muhimdir.  Umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, shuningdek, Respublika OTMlarida o‘zga tilli guruhlarda “O‘zbek tili” fani o‘qitiladi.  Shunga ko‘ra, fakultetda O‘zbekiston Respublikasidagi umumtaʼlim maktablari, akademik litsey, professional ta’limda o‘zbek tili – davlat tili fanidan va xorijda o‘zbek tilidan  dars beruvchi o‘qituvchilar tayyorlanadi.
60230800 - Kompyuter lingvistikasi  mutaxassislari dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi kompaniya va internet-kompaniyalari; oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi tashkilotlarida dasturiy ta’minot ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqot olib borish, tashkiliy-boshqaruv faoliyati, konsalting xizmati faoliyati, Respublika davlat va nodavlat nashriyot matbaa uylari, “Elektron hukumat”da axborot-qidiruv tizimlarida kasbiy faoliyat olib boradilar. 
60230600 – Noshirlik ishi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi nashriyotlar va matbaa korxonalari, nashriyot-matbaa majmualari, internet nashrlari, noshirlik mahsulotlarini bosma va raqamli shaklda chiqarish hamda tarqatish, noshirlik ishi sohasidagi texnologiyalar, texnik va dasturiy mahsulotlar, iqtisodiyot, boshqaruv va marketing, gumanitar sohadagi ilmiy tadqiqot institutlari va boshqa tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy - pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanuvchi uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorladi.
60311000 – Sotsiologiya ta’lim yo‘nalishi milliy tarbiya negizlariga asoslangan holda yoshlarda o‘zlikni anglash, milliy-ma’naviy merosga hurmat, vatanparvarlik, xalqimizning ezgu an’analari va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat fazilatlarini shakllantirish vazifasini maqsad qilgan ta’lim yo‘nalishidir. Bu yo’nalishni tamomlagan bitiruvchilar shaxsni o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘zini anglash qobiliyatlarini singdirish, ijtimoiy fanlar, tarix, ijtimoiy-falsafiy va siyosiy fanlar, huquq, zamonaviy tabiatshunoslik tushunchalari asosida talabalarning atrofdagi olam haqida yaxlit tasavvurlarini yaratish, milliy tarbiya negizlariga asoslangan holda yoshlarda o‘zlikni anglash, milliy-ma’naviy merosga hurmat, vatanparvarlik, xalqimizning ezgu an’analari va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat fazilatlarini shakllantirish singari ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar. 
60310900 – Psixologiya (amaliy psixologiya) ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’limining  davlat va nodavlat muassasalarida; ta’limi muassasalarida ta’lim yo‘nalishiga oid fanlarni o‘qitish, ommaviy axborot vositalari, davlat va mahalliy boshqaruvi organlari, har xil shakldagi mulk, sanoat va biznes  tashkilotlarida; xususiy psixologik xizmat ko‘rsatish markazlarida psixologik yordam ko‘rsatish, ommaviy axborot vositalari, davlat va mahalliy boshqaruvi organlari, har xil shakldagi mulk, sanoat va biznes  tashkilotlarida; xususiy psixologik xizmat ko‘rsatish markazlarida psixologik yordam ko‘rsatish; o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va  psixologik-pedagogik  respublika tashxis markazi psixodiagnostik tadbirlar uyushtirish; o‘zini o‘zi boshqarish organlari, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutida; reabilitatsiya markazlarida, sport jamoalarida psixologik xizmat ko‘rsatish; mudofaa vazirligi tasarrufidagi  harbiy bo‘limlarda, huquqni muhofaza qilish idoralarida  psixologik yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanadilar.

Fakultetda quyidagi  magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi:

70230801 – Kompyuter lingvistikasi  magistratura mutaxassisligi  til masalalarini hal etishga qaratilgan filologik, asosan, lingvistik kompyuter dasturlari va tizimlari, jumladan, tarjimon dasturlari, nutqni tanish tizimlari, o‘zbek nutq sintezatori, matnni morfologik va semantik tahlil qilish dasturlari, lingvistik ontologiyalarni yaratish, elektron lug‘atlarni shakllantirish, lingvodidaktik platformalarni ishlab chiqarish, til korpuslarini yaratish va o‘zbek tili Milliy korpusini takomillashtirish sohasida samarali ishlashga qodir professional tilshunoslarni tayyorlash, sun’iy intellekt asoslangan dasturiy ta’minotlarni yaratish, tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), lingvistik modellarni shakllantirish bilim va malaka ko‘nikmalarini shakllantiradi.
70111601 – O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar  хalq ta’limi tizimi, boshqarmalar, metodik birlashmalardagi pedogogik va metodik faoliyat;   oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, professional ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat;   tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarida hamda oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot faoliyati va jarayonlar;  ilmiy-tadqiqot, pedagogik va ilmiy-pedagogik ta’lim muassasalari va tashkilotlari; xorijdagi o‘zbek tili va madaniyati Markazlari; xorijiy OTM faoliyat olib borishlari mumkin.