“Yosh faylasuflar” to‘garagi bo‘lib o‘tdi
2026-yil 4-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi qoshidagi “Yosh faylasuflar” to‘garagining birinchi mashg‘uloti muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Tog‘arak yosh talabalarda falsafiy tafakkur va dunyoqarashni shakllantirish, ijtimoiy va ma’naviy masalalarga ijodiy yondashuvni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan. Mashg‘ulot davomida talabalarga to‘garakning asosiy maqsad va vazifalari, mashg‘ulotlar tartibi hamda ishtirokchilardan kutilayotgan faoliyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Kirish mashg‘ulotida to‘garak rahbari Bobur Xaytboyev talabalarni faol ishtirok etishga chaqirdi, ularga o‘z fikrlarini erkin bildirish va yangi g‘oyalarni ilgari surish imkoniyati yaratildi. Shu bilan birga, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri (PhD) Kamola Abdurazzoqova ham mashg‘ulotda ishtirok etib, talabalarga iliq tilaklarini bildirdi va ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. Mashg‘ulot davomida “Mening ‘Yosh faylasuflar’ to‘garagidagi maqsadim” mavzusi bo‘yicha suhbatlar o‘tkazilib, talabalarning o‘z maqsad va umidlari bilan bo‘lishishlari tashkil etildi.

Talabalar fikricha, to‘garak nafaqat falsafiy bilimlarni kengaytirish, balki muloqot va tahliliy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek, zamonaviy ijtimoiy va ma’naviy masalalarni chuqurroq anglash imkonini beradi.


