Yangiliklar

img
Tue, 01/24/2023 - 17:54

“Yetakchilar maktabi” “Qaror qabul qilish: hukm va tanlovdagi xatolar”

Sog'lom turmush tarziga amal qilishda insonning psixologik salomatligi muhim rol o'ynaydi. Xususan, rahbar va liderlarning psixologik tayyorgarligi butun davlat tizimining samaradorligini belgilovchi omil bo‘lib hisoblanadi.
2023-yil 24-yanvar kuni BMT tomonidan 2015-yilda qabul qilingan Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) muvofiq, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri Ilhom Aslonov jamoat xavfsizligi universiteti tinglovchilari  uchun mahorat darsini o‘tkazdi.
“Yetakchilar maktabi” mavzusidagi mahorat darsi “Qaror qabul qilish: hukm va tanlov xatosi” deb nomlanib, 2002-yilda psixologiya boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori bo‘lgan psixolog-iqtisodchi Daniel Kahnemanning “Sekin oʻylang, tez qaror qiling” kitobini tahlil qilishga bagʻishlangan.
Qaror qabul qilishda kognitiv xatolar bizning hayotimizga shunchalik singib ketganki, ba'zida inson butun hayoti davomida noto'g'ri qarorlar qabul qilganini tushunadi.


Nobel mukofoti sovrindori Daniel Kahnemanning kitobi, o'z hayotida yutuqqa erishmoqchi bo'lgan har bir kishi uchun zarurdir. Chunki qaror qabul qilishda tizimli xatolar keng tarqalgan bo'lib, bizning fikrlash tabiatimizga xosdir. Kitob bizning e'tiborimizni ularga qaratish va xatosiz qarorlar qabul qilish sifatini oshirish uchun mo'ljallangan.
Darsda Jamoat xavfsizligi universitetining malaka oshirish kurslari talabalari bilan bir qatorda universitet o‘qituvchilari ham faol ishtirok etishdi. Ishtirokchilarning fikricha, muhokama jarayoni juda qiziqarli va samarali o‘tdi.