Yangiliklar

img
Sat, 01/31/2026 - 14:41

Xotin-qizlar masalasi – doimiy e’tiborda

Yakkasaroy tumanida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi uchun yaratilgan sharoitlarni yanada takomillashtirish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Umida Abdullayeva, Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Shahnoza Sultanova, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Gulnoza Jo’rayeva
hamda Yakkasaroy tumani hokimining o‘rinbosari – tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Dilfuza Rasulmuhamedova ishtirok etib, talaba-qizlar va mas’ullar bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar.

Muloqot davomida talaba-qizlarning ta’lim olishi, kasb o‘rganishi, tashabbus va iqtidorlarini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-sonli “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etilib, xotin-qizlar bilan manzilli va tizimli ishlashni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Ochiq va konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida talaba-qizlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.