Xalqaro ona tili kuni keng nishonlandi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 21-fevral – Xalqaro ona tili kuni keng nishonlandi.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 21-fevral – Xalqaro ona tili kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir universitetning O‘zbek tili va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi tashabbusi bilan Toshkent shahridagi umumta’lim maktablari hamkorligida o‘tkazildi.
Tadbirni kirish so‘zi bilan O‘zbek tili va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Saodat Muhamedova ochib berdi. U o‘z nutqida ona tilini o‘rganish, uni qadrlash va keng targ‘ib etish har bir fuqaroning ma’naviy burchi ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, kafedra dotsenti, filologiya fanlari doktori (DSc) Xurshida Botirovna Kadirova Xalqaro ona tili kunining mazmun-mohiyati haqida ma’ruza qildi. U mazkur sana 1999-yilda UNESCO tashabbusi bilan e’lon qilinganini, ushbu kun tillar xilma-xilligini asrash, milliy o‘zlikni anglash hamda madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.
Filologiya fanlari doktori, professor Nishonboy Abdusattorovich Husanov o‘z chiqishida o‘zbek tilidagi ayrim so‘zlarning etimologiyasi va ularning ma’no qatlamlari xususida ilmiy mulohazalar bildirdi.

Tadbirda xorijiy tadqiqotchi, Utrecht universiteti post-doktoranti Jozeph Buckley “O‘zbek tilini qanday o‘rgandim?” mavzusida so‘zga chiqib, o‘zbek tilini o‘rganish jarayoni va shaxsiy tajribasi haqida so‘zlab berdi. Uning o‘zbek tilida ravon va mukammal nutq so‘zlashi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Shuningdek, universitet bilan “4+2” dasturi asosida hamkorlik qilayotgan umumta’lim maktablari o‘quvchilari ham faol qatnashdi. Yangihayot tumanidagi 329-maktab o‘quvchilari sahna ko‘rinishlari va she’riy chiqishlar namoyish etdilar. Yakkasaroy tumanidagi 89-maktabning o‘zga tilli o‘quvchilari esa o‘z ona tillarida she’rlar o‘qib, milliy tili va madaniyati haqida ma’lumot berdilar.

Tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari, talabalar, magistrantlar hamda maktab o‘quvchilari ishtirok etdi. Ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi va ona tiliga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamladi.
Mazkur seminarda Pekin chet tillari universitetining talaba va tadqiqotchilari ham onlayn ravishda ishtirok etib, xitoy tilining uzoq yillik tarixi va qadimiy Oltoy tillar oilasiga mansubligi haqida ma'lumot berdilar.
Tadbir davomida talabalar ishtiroki alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Turli oliy ta’lim muassasalarining, jumladan, Shanxay hamda Pekin chet tillari universiteti talabalari Navoiy g‘azal va ruboiylaridan o‘zbek hamda jahonning turli tillarida namunalar o‘qib, mumtoz she’riyatning badiiy jozibasini namoyon etdi. Yoshlarning sahnadagi ijrosi Navoiy merosining bugungi avlod tafakkurida yashab kelayotganini yana bir bor tasdiqladi.

