Yangiliklar

img
Sat, 06/13/2026 - 16:56

Xalqaro ilmiy yutuq

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Kompyuter lingvistikasi va raqamli texnologiyalar kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori B. Elovning hammualliflikdagi ilmiy maqolasi Scopus bazasiga kiritilgan Q1 toifasidagi nufuzli xalqaro ilmiy jurnalda nashr etildi.

Maqola “Elman takroriy neyron tarmog‘idan foydalangan holda IoT-IDS uchun kiberhujumlarni aniqlash modeli” (“A Cyber-Attack Detection Model for IoT-IDS Utilizing an Elman Recurrent Neural Network”) mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda narsalar interneti (IoT) muhitida kiberhujumlarni aniqlash, axborot tizimlari xavfsizligini ta’minlash hamda sun’iy intellektga asoslangan zamonaviy usullardan foydalanish masalalari yoritilgan.

Mazkur tadqiqot sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik hamda axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi dolzarb ilmiy muammolarga innovatsion yechimlar taklif etishi bilan ahamiyatlidir.

Maqola bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:

https://link.springer.com/article/10.1007/s43926-026-00379-7

B. Elovni ushbu salmoqli ilmiy yutug‘i bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusidagi ilmiy izlanishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.