Yangiliklar

img
Wed, 04/24/2024 - 17:20

Vakillarimiz Xo'jandga yetib borishdi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek tili ta'limi fakultetining  dekani Saodat Muhamedova boshchiligida bir guruh  magistrantlar  akademik mobillik dasturi doirasida Bobojon Gafurov nomidagi Xo'jand davlat universitetida bo'lib turishibdi. Vakillarimiz XDUning Sharshunoslik fakulteti dekani f. f. n., dots. Malohat Ehsonzoda, mazkur fakultet ilmiy ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari f. f. n., dots. No'monjon  Nigmonovlar, Pedagogika fakulteti dekani f. f. n., dots. Davron Usmonzoda, kafedra mudirlari Sadbarg Elmurodova, O'ktamali Sattorov, dekan o'rinbosari Parviz Ne'matovlar bilan ushrashib, ikki tomonlama hamorlikning amaliy natijalari haqida suhbatlashishdi. Soʼngra XDU muzeyiga tashrif uyushtirildi. Muzey direktori  Rustam Yo'ldoshev XDUning tashkil topgan kunidan  to bugungi kungacha bosib oʼtgan yoʼli, tarixiy sanalar bilan oʼzbekistonliklarni tanishtirdi. Tashrif davomida yana bir qancha rasmiy va doʼstlik uchrashuvlari rejalashtirilgan. Kun davomida , shuningdek, Oʼzbek filologiyasi fakultetidagi bir nechta darslar ham kuzatilib, ularning muhokamasida qatnashildi.

  

Vakillarimiz hafta davomida XDUda bo'lib, o'zaro tajriba almashadilar hamda bir qator uchrashuvlar, tadbirlarda qatnashishlari belgilangan.