Yangiliklar

img
Fri, 03/24/2023 - 11:43

Ustoz!

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori,  filologiya fanlari doktori,  professor Shuhrat Sirojiddinov yetuk olim sifatida muntazam universitet talabalari, yosh tadqiqotchilariga ochiq ma'ruzalar o‘tib keladi.  Navoiy hayoti va ijodini qo‘lyozmalar asosida o‘rganish, tadqiq qilish borasida uzoq yillik faoliyati mobaynida olim ko‘plab tarixiy manbalarni o‘rgangan, muqoyasa qilgan. "O‘zbek matnshunosligida yangi o‘sish davrini aynan sizlar boshlab berasizlar",  deya ta'kidlaydi u o‘z shogirdlariga.  Son-sanoqsiz kitoblar orasidan zarur boʻlgan biror asarni topish yoki bu xazinalarda nimalar borligidan voqif boʻlishni manbashunoslarning mashaqqatli mehnatisiz tasavvur qilib boʻlmaydi.
Har qanday tadqiqot, avvalo, manba izlashdan boshlanadi. Bu manbalarni qidirib topish, oʻrganish va qoʻllashning nazariyasi hamda amaliy usullarini bilish manba izlashdagi eng yaqin yoʻlni kafolatlaydi. Shu bois qoʻlyozmalar fondida qoʻlyozmalarni ilmiy yozib olish, tavsiflash va kataloglashtirishning soha tadqiqotchilari uchun ahamiyati juda kattadir. Shuhrat Sirojiddinov bu boradagi o‘z tajribalarini yoshlarga ulashib kelmoqda.  Bu o‘z navbatida murakkab va zahmatli soha bo‘lgan matnshunoslik,  manbashunoslik bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishga ishtiyoqi baland,  layoqatli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi muhim amaliy faoliyatdir.  Shu yoshlar ustozdan ulgi olib,  qo‘lyozmalar changini yutib, ilmiy izlanishlar qilishga shay bo‘lgan yangi avlod matnshunos va manbashunoslaridir!