Yangiliklar

img
Wed, 06/17/2026 - 11:41

Universitetimiz olimining tadqiqoti nufuzli xalqaro  jurnalda e’lon qilindi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek adabiyoti va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari doktori Tozagul Matyoqubovaning hammualliflikdagi ilmiy maqolasi Scopus bazasiga kiritilgan Q1 toifasidagi nufuzli xalqaro ilmiy jurnalda nashr etildi.
Maqola “Raqamli kutubxona va arxiv axborot tizimlarida elektron hujjatlarni metama’lumotlarga asoslangan standartlashtirilgan, moslashuvchan va intellektual tavsiflashning gibrid modeli” (“A Hybrid Model for Standardized, Flexible, and Intelligent Metadata-Based Description of Electronic Documents in Digital Library and Archival Information Systems”) mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda raqamli kutubxonalar, arxivlar va elektron hujjatlarni metama’lumotlar asosida tavsiflash jarayonida standartlashtirish, moslashtirish va avtomatlashtirish talablarini uyg‘unlashtiruvchi gibrid model ishlab chiqish  masalasi yoritilgan.
Mazkur tadqiqot raqamli kutubxona va arxiv axborot tizimlarida elektron hujjatlarni tezkor, sifatli, standartlashtirilgan intellektual tavsiflash imkoniyatini takomillashtirishga qaratilgan dolzarb ilmiy muammolarga innovatsion yechimlar taklif etishi bilan ahamiyatlidir.
Maqola bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://www.mdpi.com/2078-2489/17/6/590
T.Matyoqubovani ushbu salmoqli ilmiy yutug‘i bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusidagi ilmiy izlanishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.