Yangiliklar

img
Sat, 07/02/2022 - 19:54

Universitet Kengashida qator masalalar muhokama etildi

Hozirgi tez o‘zgarayotgan globallashuv davrida o‘zbek tili va adabiyotining xalqaro miqyosda nufuzini ko‘tarish, o‘ziga xos betakror xususiyatlari, tarixiy taraqqiyoti, uning bugungi holati va istiqboli bilan bog‘liq masalalarni chuqur o‘rganish, bu borada dunyoda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish va samaradorligini kuchaytirish, o‘zbek adabiyoti targ‘iboti orqali o‘zbek madaniyatini jahondagi yuksak maqomini tiklash Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining ustuvor vazifasi hisoblanadi va bu yo’lda samarali, maqsadli harakat qilib kelmoqda. Bugun,  2022-yilning 2-iyul kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining navbatdagi Kengash yig’ilishi boʻlib oʻtdi.

Kengashning navbatdagi majlisi anʼanaga muvofiq taqdirlash marosimi bilan boshlandi. Dastlab, ko‘p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan universitet professorlari Samixon Ashirboyev, professor Hamidulla Dadaboyev hamda

professor Nusratulla Jumaxo’janing ilmiy faoliyati munosib baholanib, ularga Kengash raisi Shuhrat Sirojiddinov tomonidan “Mehnat faxriysi” ko’krak-nishoni taqdim etildi.

Shuhrat Sirojiddinov ilm arboblarining kelgusi ilmiy faoliyatida omad va zafarlar tiladi. Shuningdek, 2022-yil 30-iyun kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning farmoniga muvofiq “Kelajak bunyodkori" medali bilan taqdirlangan universitetimizning bitiruvchi talabasi Avazova Sevinchning zukkoligi hamda ilmiy yutuqlari rektorimiz tomonidan e’tirof etildi.

Sevinchga hayotiy, ilmiy va kasbiy faoliyatida omad va ulkan zafarlar, ezgu tilaklar bildirildi. Universitetimizning iqtidorli talabasi o’quv muassasamizda yaratilgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar, doimiy ko’mak, qo’llab-quvvatlov uchun universitetimiz rektori Shuhrat Sirojiddinovga hamda ustozlariga o’z minnatdorchiligini bildirdi.


Ilmiy Kengashda universitetimiz Xotin-qizlar kengashi raisi Gulnoza Jo’rayeva

hamda Kompyuter lingvistikasi va raqamli iqtisodiyot kafedrasi dotsenti Manzura Abjalovaga fan doktorlik diplomlari topshirildi.


Shu bilan birga, Gulnoza Jo’rayevaga Kengash raisi tomonidan "Xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish, gender tenglik masalalari va gender madaniyati" mavzusidagi respublika o'quv-seminarida faol ishtirok etib, sohaga oid nazariy bilim, amaliy mahorat va malakasini oshirgani uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov tomonidan taqdim etilgan sertifikat hamda Ohangaron tuman hokimi Akrom Eshonqulovning tashakkurnomalari topshirildi. 

Jarayon davomida qator masalalar o’rganildi, yil davomida qilingan ishlar muhokama qilindi. Kun tartibida ta’lim sohasiga doir oliy taʼlim muassasasiga qoʻyilayotgan talablar, vazifalar, 2022-yilda o’quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy tadqiqot, xalqaro hamkorlik, moliyaviy-xo’jalik sohalarida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusi yildagi vazifalar, fakultetlarda o’quv jarayonining tashkil etilishi, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, nufuzli jurnallarda maqolalar chop etilishining bugungi holati va istiqbol vazifalar, yuqori tashkilotlardan kelgan qaror va farmoyishlar masalasi ko’rib chiqildi.

Shuhrat Sirojiddinov tomonidan universitetda professor-o’qituvchi xodimlar faoliyati samaradorligining muhim ko’rsatkichlarini baholash tizimi tushuntirib berildi va yig’ilish qatnashchilari bilan fikr almashildi.

Majlisda bir qator masalalar: o‘quv-me'yoriy hujjatlarining yuritilishi  2022/2023-o‘quv yilida professor-o‘qituvchilarning malaka oshirishi, professor-o‘qituvchilar yaratgan adabiyotlarni nashrga tavsiya etish kabilar muhokama qilindi. Yakunda kun tartibiga qo’yilgan masalalar yuzasidan takliflar olindi va ularning ijrosi bo’yicha qarorlar chiqarildi.