Yangiliklar

img
Mon, 04/08/2024 - 17:57

Tyutorlar uchun oʻquv kurslari davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, universitetimiz tyutorlari uchun oʻquv kurslari davom etmoqda. Bugungi oʻquv mashgʻulotlari davomida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Ravshanbek Xudayberganov va direktor oʻrinbosari Fozil Farhodov ham ishtirok etishdi. Ular tyutorlik faoliyatining oliy ta’lim tizimidagi oʻrni va ahamiyati haqida gapirdilar. Bu mas’uliyatli va dolzarb vazifani bajarishda barcha tyutorlarga muvaffaqiyat tiladilar. Shundan soʻng filologiya fanlari doktori Rashid Zohidov tyutorlarga “Islom – ma’rifat va ezgulik dini” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzada yoshlar ongida mutaassiblikka moyillik paydo boʻlishining oldini olish, sogʻlom e’tiqod va mustahkam imonning ahkomlari haqida fikr yuritildi.