Yangiliklar

img
Thu, 04/30/2026 - 13:16

ToshDO‘TAU xalqaro akademik muloqot maydoniga aylandi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida ijtimoiy ish sohasi mutaxassislari uchun muhim malaka oshirish platformasi tashkil etildi. Universitetimiz mezbonlik qilgan "Ijtimoiy ishda ta’lim, superviziya va kasbiy rivojlanish" mavzusidagi ikki kunlik amaliy trening soha vakillari uchun o‘zaro tajriba almashish va xalqaro standartlarni o‘rganish imkonini berdi.

23–24-aprel kunlari bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirni AQSHning nufuzli Kolumbiya universiteti Ijtimoiy ish maktabi professori, PhD Richard Hara olib bordi. Trening davomida zamonaviy ijtimoiy ish metodologiyasi, superviziya jarayonining samaradorligini oshirish hamda kadrlar tayyorlashda akademik va amaliy hamkorlik masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Mazkur tadbirda Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlari supervayzerlari bilan bir qatorda mamlakatimizning yetakchi oliy ta’lim muassasalari, jumladan, O‘zbekiston Milliy universiteti, Chirchiq davlat pedagogika universiteti, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Guliston davlat universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. Universitetimiz jamoasi ham ushbu 35 nafar ishtirokchi safida ijtimoiy sohadagi kasbiy standartlarni rivojlantirish va ta’lim jarayoniga xalqaro tajribani tatbiq etish yuzasidan o‘z takliflari bilan qatnashdi.

 

Ushbu amaliy muloqot nafaqat mutaxassislar malakasini oshirishga, balki O‘zbekistonda ijtimoiy ish tizimini yangi bosqichga olib chiqish va bu boradagi xalqaro aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.