Yangiliklar

img
Tue, 05/19/2026 - 17:54

ToshDO‘TAU vakillari Ozarbayjon Respublikasida xizmat safarida bo‘lishdi

2026-yilning  13-16 may kunlari ToshDO‘TAU vakillari  - O‘zbek tili va  uni o‘qitish metodikasi  kafedrasi mudiri, prof. S.Muhamedova,  f.f.n.dos.T.Tog‘ayev, f.f.d. (DSc), dos.X.Qodirovalar  Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida  xizmat safarida bo‘lishdi.  Ular     2026 yil 13-15 may kunlari Jahon universitetlari bo‘yicha QS reytingiga kirgan Boku muhandislik universitetida  professor - o‘qituvchilar va talabalar uchun o‘zbek va ozarbayjon tillarining fonetikasi, morfologiyasi, leksikasi, sintaksisi qiyosiga bag‘ishlangan ma’ruzalar kurslarini o‘tishdi.  Ma’ruzachilar  o‘zbek va ozarbayjon tillarida erkalashni bildiruvchi birliklar, o‘zbek va ozarbayjon tillaridagi maqollarning tipologiyasi, rus tilidagi ayrim turkiy (o‘zbekcha) o‘zlashmalar to‘g‘risida batavfil ma’lumotlar berib, ishtirokchilarning savollariga  to‘liq javoblar berishdi. ToshDO‘TAU vakillari ma’ruzalar o‘qish davomida Boku muhandislik universiteti Gumanitar fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishishdi.  

Shuningdek,  ular xizmat safari davomida   14-15- may kunlari Ozarbayjon davlat pedagogika universitetida I Turkologiya qurultoyining 100 yilligiga bag'ishlangan xalqaro konferensiyada ham qatnashishdi.  Konferensiyaning tantanali ochilish marosimida Ozarbayjon Respublikasining nufuzli ilm va ta’lim tashkilotlarining birinchi rahbarlari, xususan, Ozarbayjon Respublikasi FA Prezidenti akademik I.Xabibeyli, FA Dilchilik instituti direktori Y.Mammedli va boshqa rahbarlar,   O'zbekiston, Turkiya, Rossiya  kabi 25 dan ortiq davlatlardan kelgan vakillarning rahbarlari nutq so'zlashdi. Yalpi ma’ruzaralardan so'ng 12 ta  sho‘bada konferensiya ishi davom ettirildi. ToshDO‘TAU vakillari ham sho‘balar ishida faol qatnashib, zamonaviy tilshunoslik bo‘yicha  bir nechta sho’balarga moderatorlik qilishdi, turkiy dunyoning ko‘plab olimlari bilan ilmiy-akademik sohada dolzarb mavzudagi hamkorliklar yo‘nalishlarini belgilab olishdi.

Ma’lumki,  Ozarbayjon davlat pedagogika universitetida  univeristet rahbariyati tashabbusi bilan 2026 -yilning yanvar oyida  G‘ozi olim Yunusov nomidagi O'zbek tili va adabiyoti xonasi ochilgan edi. ToshDO‘TAU vakillari  ODPU prorektori Mahira xanim Husenovaga ToshDO'TAUdan olib kelingan ilmiy, badiiy adabiyotlar va esdalik sovg‘alarini topshirishdi. ODPU va ToshDO'TAU o‘rtasida ko‘p yillik        do‘stona aloqar mavjud bo‘lib, munosabatlar tobora mustahklanib bormoqda.

Mazkur konferensiyada ham ToshDO'TAU vakillariga alohida e’'tibor va hurmat ko‘rsatildi.

Konferensiyaning ikkinchi kunida xorijlik mehmonlar uchun ODPU ning Shamaxi shahridagi filialida maxsus tadbirlar, go‘zal tog'lar bag'rida joylashgan Pirqulu rasadxonasiga sayohat uyushtirildi. Shamaxi universiteti rektori Tunzala xonim bilan yaqindan tanishib, ular bilan ham yaqindan hamkorlik rejalari tuzib olindi.  Ikki kun davom etgan xalqaro konferensiya Ozarbayjon OAVlarida keng yoritildi.

ToshDO‘TAU vakillari Ozarbayjon Respublikasidagi xizmat safari  sermazmun va samarali kechdi, xalqaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlari belgilab olindi.