Yangiliklar

img
Tue, 01/31/2023 - 16:56

ToshDO’TAU talabasi Yevropada!

Universitetimizning qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik yo’nalishi 1-kurs magistr talabasi Ozodaxon O’ktamova Slovakiya milliy stipendiyasi xalqaro grant dasturi bo’yicha Bratislava shahridagi Komenius universitetida 1 semestr davomida ta’lim olmoqda. 

Komenius universiteti Slovakiya Respublikasining eng nufuzli universiteti hisoblanadi. Dastur  davomida Ozodaxon o’z yo’nalishiga oid fanlarni xalqaro tajribaga ega Amerika, Buyuk Britaniya va Yangi Zelandiya kabi davlatlardan kelgan professor o’qituvchilardan ta’lim olmoqda. 

Eslatib o’tamiz, Slovakiya Respublikasi Milliy stipendiyasi dasturi to’liq xarajatlari qoplanuvchi dastur hisoblanib, 1 semest davomida bepul o’qish bilan birga talabalarga yashash xarajatlari uchun 400€ oylik stipendiya ajratadi.