Yangiliklar

img
Fri, 03/08/2024 - 20:00

ToshDO‘TAU olimlari xorijiy o‘quv-ilmiy markazlarida

Joriy yilning 3-7-mart kunlari Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov rahbarligidagi delegatsiya Ozarbayjon Respublikasida xizmat safarida bo‘ldi. Xizmat safari davomida delegatsiya a’zolari Ozarbayjonning bir qator o‘quv va ilmiy markazlarida uchrashuvlar o‘tkazdilar, o‘z ma’ruzalari bilan  chiqish qildilar. Jumladan, G‘arbiy Kaspiy universiteti hamda Ozarbayjon Milliy ilmlar akademiyasi Adabiyot institutining Ganja bo‘limi  olimlari, doktorant va magistrlariga ma’ruza o‘qidilar. Ilm-fanning dolzarb mavzularida olib borilgan ma’ruzalar tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Filologiya, turkologiya, komparativistika bo‘yicha O‘zbekistonda olib borilgan va olib borilayotgan izlanishlar, tadqiqot ishlariga xorijlik soha vakillarining qiziqishlari juda baland. Shu bois ham ma’ruzachilar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yaxshigina ilmiy bahslarga sabab bo‘ldi va ko‘plab savollarga javob berildi. 

O‘zbek olimlarining xorijiy mamlakatlar o‘quv-ilmiy muassasalaridagi shu kabi  chiqishlari o‘z navbatida mamlakat ilm-fanining miqyosini belgilaydi, shuningdek, akademik almashinuvni ham jadallashtirishadi. Qolaversa, xalqaro reytinglarda ham nufuzli ilmiy muassasalardagi mehmon ma’ruzalari muhim indikator bo‘lib, bu universitetning natijalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.