Yangiliklar

img
Sat, 04/18/2026 - 14:38

Tilshunoslik va texnologiya uyg‘unligi

2026-yil 17-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagiToshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiO‘zbek tilshunosligi kafedrasida zamonaviytexnologiyalarning tilshunoslikdagi o‘rnigabag‘ishlangan muhim ilmiy ma’ruza bo‘lib o‘tdi. 

 

Tilshunoslik kafedrasi mudiri ZulxumorXolmanova hamda kafedra o‘qituvchisi S.Bozorovatashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu mashg‘ulotxalqaro ilmiy hamkorlikning yorqin namunasi sifatidae’tirof etildi.

Mazkur ilmiy ma’ruza Istanbul universitetiAdabiyot fakulteti Zamonaviy turkiy tillar vaadabiyotlari kafedrasi o‘qituvchisi Ma’mura Mamatkulova O‘zkan tomonidan olib borildi. 

 

“Sun’iyintellekt va til o‘qitish: ChatGPT asosida o‘zbek-turktil juftligi” mavzusiga bag‘ishlangan mashg‘ulotdabugungi globallashuv davrida raqamli texnologiyalarnitilshunoslik sohasiga tatbiq etishning dolzarbmasalalari atroflicha muhokama qilindi. 

 

Ma’ruzachisun’iy intellekt tizimlari, xususan, ChatGPT imkoniyatlaridan o‘zbek va turk tillarini qiyosiyo‘rganish hamda o‘qitishda qanday foydalanishmumkinligi bo‘yicha xalqaro tajribalar bilano‘rtoqlashdi.

Dars davomida sun’iy intellekt yordamida tilo‘rganish jarayonini jadallashtirish, tarjimamuammolarini bartaraf etish va til o‘rgatishningzamonaviy metodikasini shakllantirish yuzasidan yangiilmiy qarashlar ilgari surildi. Ma’mura O‘zkan o‘zbek-turk til juftligida sun’iy intellektning ishlashtamoyillarini jonli misollar yordamida tahlil qilib berdi, bu esa talaba va yosh tadqiqotchilarda katta qiziqishuyg‘otdi.

Ma’ruza yakunida zamonaviy texnologiyalarningtilshunoslikka tatbiq etilishi nafaqat ta’lim sifatinioshirishi, balki o‘zbek tilining xalqaro raqamlimakonda nufuzi yuksalishiga xizmat qilishi ta’kidlandi. Ochiq muloqot va qizg‘in savol-javoblar bilan kechganushbu ma’ruza darsi ishtirokchilar uchun yangi ilmiyyo‘nalishlarni kashf etishda muhim qadam bo‘ldi.