Yangiliklar

img
Mon, 03/30/2026 - 18:14

Tayinlov

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni universitet rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov olib bordi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan Nurboy Abdulxakimovich Jabborov universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlangani e’lon qilindi.

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, Nurboy Jabborov universitet tashkil etilgan ilk kunlardan buyon mazkur dargohda faoliyat yuritib kelmoqda. U O‘zbek adabiyoti tarixi, manbashunoslik va matnshunoslik kafedrasiga rahbarlik qilib kelgan hamda jamoaga yaxshi tanish, tajribali mutaxassis ekani alohida qayd etildi.

Yig‘ilish davomida yangi tayinlangan prorektor zimmasiga yuklatilayotgan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi. Xususan, ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayonini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, ta'lim yo'nalishlarini xalqaro akkredetatsiyadan o'tkazish kabilar dolzarb vazifalar sifatida belgilandi.

 

Jamoa Nurboy Jabborovning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladilar. Uning ko‘p yillik tajribasi, ilmiy va tashkiliy salohiyati universitet rivojiga xizmat qilishi, jamoa oldida turgan muhim vazifalarni samarali amalga oshirishga munosib hissa qo‘shishi ta’kidlandi.