TARJIMA NAZARIYASI VA AMALIYOTI FAKULTETI

Fakultet O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-4797-son Farmoni asosida tashkil etilgan.
Fakultetga tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili, tarjima nazariyasi va amaliyoti: rus tili, tarjima nazariyasi va amaliyoti: fransuz tili, tarjima nazariyasi va amaliyoti: nemis tili kabi ta’lim yo‘nalishlari,   sinxron tarjima (ingliz tili),  badiiy tarjima (ingliz tili), ilmiy-texnik tarjima (ingliz tili), qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (ingliz tili) mutaxassisliklarida  mutaxassislar tayyorlaydi. Ushbu mutaxassislar ilmiy, badiiy va boshqa sohalardagi adabiyotlarni o‘zbek tilidan ingliz va boshqa xorijiy tillarga, shuningdek, jahon tillaridan ona tilimizga yuksak sifat va mahorat bilan tarjima qilish, xalqaro anjuman va forumlarda sinxron, vizual, ketma-ket tarjima qiladigan tarjimonlar tayyorlash, o‘zbek tili va dunyodagi yetakchi xorijiy tillar asosida tarjima dasturlari va lug‘atlar, elektron darsliklar yaratish bilan bog‘liq ilmiy-metodik ishlanmalar, amaliy tavsiyalar tayyorlash va bu borada erishilgan natijalarni amaliyotga keng tatbiq etish borasida izlanishlar olib boradi.

 

Fakultetda 2 ta kafedra faoliyat yuritadi:
Tarjima nazariyasi va amaliyoti
Ingliz tili
Fakultet professor-o‘qituvchilari tarjimashunoslik, tilshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik, qiyosiy adabiyotshunoslik, til  o‘qitish metodikasi sohasida nafaqat respublikamizda, balki  xorijiy  mamlakatlarda ham e’tirof etilgan mutaxassislardir. 
Fakultetda 42,75 shtat birligida 64 nafar professor-o‘qituvchilar dars beradi. Shundan 26 nafari asosiy shtatda, 38 nafari o‘rindosh. Ularning 5 nafari professor, 11 nafari dotsent, 14 nafari katta o‘qituvchi, 6 nafari o‘qituvchi, 8 nafari o‘qituvchi-stajyor.
Universitet qoshida tashkil etilgan xorijliklarga o‘zbek tilini o‘rgatuvchi Uzbek school da ham fakultetning o‘qituvchilari dars berishadi. Bundan tashqari, uning faoliyatini yo‘lga qo‘yishda, Uzbek school uchun maxsus o‘zbek tili darsliklarini yaratib, chop etishda ham fakultetning professor-o‘qituvchilari, ko‘ngilli talabalari birgalikda mehnat qilishadi.

Fakultet dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlaridagi 40 ga yaqin universitetlari, xususan, Qozog‘istonning Shakarim universiteti, London Metropoliten universiteti, Nijniy Novgorod davlat lingvistika universiteti, Vengriyaning Etvos universiteti, Norvegiyaning Bergen universiteti, Berlinning Gumboldt universiteti,   Parij universiteti va boshqalar bilan hamkorlik o‘rnatgan. Mazkur hamkorlik asosida 4 ta yirik xalqaro loyihalar amalga oshirilayotganini alohida qayd etish lozim. Xususan, Erasmus+ programmasida (2021-2027), shuningdek, Vengriyaning Etvos universiteti bilan hamkorlikda Erasmus + KA107 2020-2024 yillar uchun Erasmus International + Credit Mobility Programme (Erasmus Xalqaro almashinuv dasturi)ga taqdim etilgan "Alisher Navoiy asarlarining dunyo tillariga tarjima qilinishi va ularning xorijda o'qitilishi" nomli loyihada ishtirok etmoqda.  Qolaversa, “Stand against drugs”, “Pathway of Empowerment Gender based violence” singari yirik xalqaro loyihalar fakultet jamoasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Fakultet talabalarining orasida Zulfiya nomidagi davlat mukofoti, “Yosh kitobxon”, “Ilhom” respublika tanlovlari, fan olimpiadasi gʻoliblari, davlat stipendiyalari sovrindorlari, AQSH elchixonasi tomonidan tashkil etiladigan xalqaro tanlov va festivallarning g‘oliblari tahsil oladi. Fakultet talabalarinig turli xorijiy universitetlarda qo’shma dasturlar hamda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tehsil olib kelayotgani ham ahamiyatga molik. 
Tarjima nazariya va amaliyoti kafedrasining dotsenti Gulnora Niyazova AQShning FEP (Sohani rivojlantirish) dasturining 2021-yil kuzgi mavsumi g’olibi bo‘ldi. 

Gulnora Niyazova, ilgari AQSH davlat ACTR/ACCELS tashkiloti tomonidan tashkillashtirilgan va boshqarilgan TEA (Ingliz tili va amerikashunoslik fanlarini o’qitishda a’lochilik) va PIE (Ta’limda hamkorlik) dasturlari g’olibi va ishtirokchisi, universitetimizda 5 yildan ortiq davr mobaynida faoliyat yuritib, asosan, tilni o‘rgatish amaliyoti va o‘qitish metodikasi  darslaridan ta’lim berib kelmoqda.
Bundan tashqari, professor-o‘qituvchilar dunyo reytingida 1000talikka kirgan  OTMlarda ma’ruzalar o‘qib kelishmoqda.  Shuningdek, xorijlik olimlar ham fakultetda talabalarga ta’lim berishadi. Jumladan,  
Fakultet dekani: Qodirov Axror Bahodir o‘g‘li.
Fakultetda quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:
60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti (tillar bo’yicha)  ta’lim yo‘nalishi o‘zbek tili nufuzini nafaqat xalqaro miqyosga ko’ratish, balki boy adabiy merosini dunyoning turli tillariga xususan, ingliz, rus, fransuz va nemis tillariga tarjima qilish vazifasini maqsad qilgan ta’lim yo‘nalishidir. Bu yo’nalishni tamomlagan bitiruvchilar ilmiy, badiiy va boshqa sohalardagi  adabiyotlarni oʻzbek tilidan ingliz, rus, fransuz, nemis va boshqa xorijiy tillarga, shuningdek, jahon tillaridan ona tilimizga yuksak sifat va  mahorat bilan tarjima qilish, shuningdek xalqaro anjuman va forumlarda: sinxron, vizual, ketma-ket tarjima qiladigan  tarjimonlar tayyorlash, oʻzbek tili va dunyodagi yetakchi xorijiy tillar asosida tarjima dasturlari va lugʻatlar, elektron  darsliklar yaratish bilan bogʻliq ilmiy-metodik ishlanmalar, amaliy tavsiyalar tayyorlash va bu borada erishilgan  natijalarni amaliyotga keng tadbiq etish borasida izlanishlar olib boradi.

Fakultetda quyidagi  magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi:
70230201 – Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (ingliz tili)  magistratura mutaxassisligi filologik matnlarni qiyosiy tahlil qila oluvchi, tilning lingvistik, grammatik va pragmatik xususiyatlari borasida keng bilimga ega bo`lishi,  til va tarjima masalalarini hal etishga qaratilgan filologik, asosan, lingvistik ko`nikmalarga ega bo`lgan, lingvistik ontologiyalarni yaratish, lug‘atlarni shakllantirish sohasida samarali ishlashga qodir professional tilshunos va tarjimonlarni tayyorlaydi. Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (ingliz tili) magistratura mutaxassisligi kasbiy faoliyat obyektlariga akademik, ilmiy tadqiqot muassasalari, xalqaro tashkilotlar va ularning vakolatxonalari, davlat va mahalliy boshqaruv organlari, davlat va nodavlat korxonalari, oliy va o`rta maxsus ta`lim tizimi tashkilotlari kiradi. 
70230202 – Sinxron tarjima (ingliz tili) magistratura mutaxassisligi bo`yicha magistrlar sinxron tarjima texnikasi, amaliyoti va nazariyasi haqida keng bilimga, og`zaki tarjimaning barcha shakllari borasida yetarlicha ko`nikmaga ega, ilmiy-texnikaviy, publisistik va mutaxassislik obyektiga kiruvchi barcha sohalarga oid terminlarni o`zlashtirgan bo`lishi lozim. Ushbu mutaxassislik bo`yicha magistrlarning kasbiy faoliyat obyektlariga xalqaro tashkilotlar va ularning respublikamizdagi vakolatxonalari, elchixonalar, vazirliklar hamda davlat va nodavlat korxonalar, oliy va o`rta maxsus tizimi tashkilotlari kiradi. 
70230203 – Badiiy tarjima (ingliz tili) magistratura mutaxassisligi bo`yicha magistrlar badiiy tarjima uslublari, texnikasi, amaliyoti hamda tarjima tanqidi haqida bilimga ega, milliy va xorijiy adabiyot namunalarini, poetik asarlarni, mumtoz va folklor asarlarini hamda nasriy va nazmiy asarlarni erkin badiiy uslubda tarjima va tahrir qila olish ko`nikmalariga ega bo`lishi kerak. Ushbu mutaxassislik bo`yicha magistrlarning kasbiy faoliyat obyektlari tegishli vazirliklar, nashriyot, radio va televideniya tizimi, turli davlat va nodavlat korxonalar, oliy va o`rta maxsus tizimi tashkilotlari hisoblanadi. 
70230204 – Ilmiy-texnik tarjima (ingliz tili) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar yozma tarjima va tahrirlash elementlari, nazariya va amaliyoti, ilmiy-texnik tarjimada kommunikativ-pragmatik, texnik bilim va terminlar, tarjimaning pragmatik jihatlari va tarjima modellari haqida keng bilimga ega bo`lishi lozim. Ilmiy-texnik tarjima (ingliz tili) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlarning kasbiy faoliyati obyektlariga turli davlat va nodavlat korxonalari, oliy va o`rta maxsus ta`lim tizimi tashkilotlari, ilmiy, texnikaviy va texnologik masalalar bilan bog`liq akademik, ilmiy tadqiqot muassasalari, xalqaro tashkilotlar va ularning Respublikamizdagi vakolatxonalari, davlat va mahalliy boshqaruv organlari kiradi.