Yangiliklar

img
Tue, 03/05/2024 - 17:27

Ta'lim sifatini oshirishda xalqaro tajriba

Ona tili va adabiyot ta’limi fakultetining professor-o’qituvchilari, tadqiqotchilari va talablaridan iborat guruh fakultet dekani M.Abdullayeva boshchiligida Turkiyaning Anqara shahrida joylashgan G’ozi universitetiga joʻnat ketishdi. Tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad talabalarning qisqa muddatli akademik almashinuvini tashkil etish, professor-oʻqituvchilarning tajriba almashishlari uchun sharoit yaratish hamda hamkorlikning istiqbollarini muhokama qikishdan iborat. 
4-mart kuni vakillarimiz mezbon universitet rahbariyati taklifiga binoan tashkil etilgan rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etdi. G’ozi universitetining O’quv ishlari bo’yicha birinchi prorektori Ramazan Bayindir, Ilmiy ishlar va tadqiqotlar bo’yicha prorektor Yujel Gelishli, Ta’lim fakulteti dekani Mahmut Selvi bilan uchrashuvlar bo’lib o’tdi. Bu uchrashuvlarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti va Anqara G’ozi universiteti o’rtasidagi hamkorlik bo’yicha qator tadbirlar rejalashtirildi. Xususan, universitetimiz Ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti hamda G’ozi universiteti Ta’lim fakultetining hamkorlikda amalga oshiradigan ilmiy tadqiqotlari, hamkorlikda o’tkaziladigan Ta’lim xalqaro simpoziumi, talabalar almashinuvi, magistrant va doktorantlarning ilmiy ishlariga hamkorlikda rahbarlik qilish, professor-o’qituvchilar tomonidan o’tiladigan o’quv kurslari haqida kelishib olindi.