Yangiliklar

img
Thu, 03/23/2023 - 17:46

Talabalarimiz "Mening darsim" xalqaro tanlovida ishtirok etdi

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti  universiteti O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabalari  kommunikativ rus tili kursini yaxshi o‘zlashtirish  barobarida   "Rossotrudnichestvo"ning Toshkentdagi vakolatxonasi tomonidan pedagog va talabalar o‘rtasida   o‘tkazilgan "Mening darsim"   xalqaro tanlovida muvaffaqiyatli qatnashishdi.  Talabalar   mazkur kurs  o‘qituvchisi D.N.Zaripovaning  ilmiy rahbarligida  o‘zlari o‘tgan an'anaviy darslarni video tasvirga oldilar. Ushbu videolavhalar   nufuzli  hakamlar hukmiga  havola qilindi. Ular o‘z darslarida   zamonaviy vizual materiallar, internet imkoniyatlari, didaktik tarqatmalardan foydalangan holda rus tilida mavzuni tushuntirish, shuningdek, o'quvchilar tomonidan bajarilgan topshiriqlarni  tekshirish  kabi  jarayonlarni  yuqori mahorat  bilan bajarishdi. Talabalar rus tili darslarida o‘z bilimlarini namoyish etib, belgilangan maqsadni muvaffaqiyatli bajarganliklari sababli  hakamlarning ijobiy e’tirofiga sazovor bo‘lishdi va   Rossotrudnichestvo tomonidan faxriy diplomlar bilan taqdirlanishdi.
Tanlovda muvaffaqiyatli  qatnashgan tabalalarimiz va ularning ilmiy rahbarini tabriklaymiz, keyingi ishlarida  omad tilaymiz.