Yangiliklar

img
Tue, 03/31/2026 - 15:20

Talabalar yashash muhitini o‘rganish

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti  psixologi Nozima Narziyevna profilaktika inspektori Umida Karimova bilan hamkorlikda ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar olish, ularning yashash sharoitlarini o‘rganish hamda mavjud muammolarni aniqlash maqsadida tashriflarni amalga oshirdi.

Tashrif jarayonida talabalar yashayotgan xonadonlarning sanitariya-gigiyena holati, yashash uchun yaratilgan qulayliklar, xavfsizlik choralariga rioya etilishi atroflicha ko‘zdan kechirildi. Har bir talaba bilan suhbat o‘tkazilib, ularning kundalik hayoti, o‘qish jarayoniga moslashuvi, ijtimoiy-psixologik holati va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar yuzasidan fikrlari tinglandi.

Shuningdek, xonadon egalari bilan ham muloqot olib borilib, talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar, o‘zaro hurmat va ishonchga asoslangan munosabatlarni shakllantirish masalalari muhokama qilindi. Talabalarning xonadoshlari bilan muomala madaniyati, nizoli vaziyatlarning oldini olish, hamjihatlikda yashash ko‘nikmalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

 

Profilaktik suhbatlar davomida talabalar xavfsizligini ta’minlash, turli salbiy holatlarning oldini olish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.