Yangiliklar

img
Wed, 04/24/2024 - 20:31

Talabalar oʻrtasida “Zakovat” musobaqasi tashkil etildi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti korrupsiyaga qarshi kurashish "komplaens nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talaba yoshlar klubi bilan tashabbusi bilan “Zakovat” intellektual musobaqasi tashkil etildi.  "Korrupsiya – millat kushandasi" mazusida tashkil etilgan bellashuvda universitet talaba-yoshlari faol ishtirok etishdi. Teng kurashlar ostida oʻtgan musobaqa natijalariga ko‘ra faxrli uchinchi oʻrin “Pentagon” jamoasiga, ikkinchi oʻrin “Cosmos” jamoasiga hamda birinchi oʻrin “Troya” jamoasiga nasib etdi. Yuqori oʻrinni qayd etgan jamoalar esdalik  sovg‘alari bilan taqdirlandilar.