Yangiliklar

img
Thu, 02/19/2026 - 10:53

Talabalar amaliy mashg‘ulotda: nazariya va tajriba uyg‘unligi

Universitetimizda ta’lim jarayonini amaliyot bilan uyg‘un holda tashkil etish, talabalar bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ana shunday mashg‘ulotlardan biri O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 108-guruh talabalari ishtirokida pazandachilik bo‘limida tashkil etildi.

Amaliy mashg‘ulot davomida talabalar milliy taomlarimizdan somsa hamda bahoriy salat tayyorlash jarayonida faol qatnashdilar. Jarayon davomida mahsulotlarga to‘g‘ri ishlov berish, ularning sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash, sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish, ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish hamda taomlarni estetik jihatdan bezatish kabi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Mashg‘ulot jarayonida talabalar nazariy bilimlarini amaliyotda sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu esa ularda mas’uliyat, jamoada ishlash, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va ijodiy yondashuv kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qildi. Shuningdek, milliy taomlarimizni tayyorlash an’analari bilan yaqindan tanishish orqali talabalarning milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usi yanada mustahkamlandi.

 

Mazkur amaliy mashg‘ulot talabalar uchun nafaqat qiziqarli tajriba, balki foydali o‘quv jarayoni bo‘lib, ularning kundalik hayotiy va kasbiy ko‘nikmalarini boyitishda muhim ahamiyat kasb etdi. Universitetimizda bu kabi amaliy mashg‘ulotlarni izchil davom ettirish orqali ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish ko‘zda tutilgan.