Sport — sog‘lom hayot garovi
Joriy yilning 18-fevral kuni universitetimizda Tarjima nazariyasi va amaliyoti (TNA) yo‘nalishi tyutori Zarif Abdukarimov tashabbusi bilan Talabalar ligasi doirasida sport bo‘yicha saralash bellashuvlari tashkil etildi. Mazkur tadbirning asosiy maqsadi talabalarni sport to‘garaklariga keng jalb qilish, ular orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda jismoniy faollikni oshirishdan iborat bo‘ldi.
Saralash bahslari TNA yo‘nalishi talabalari o‘rtasida voleybol, shaxmat, shashka va stol tennisi yo‘nalishlarida o‘tkazildi. Har bir sport turi bo‘yicha ishtirokchilar o‘z salohiyati, chaqqonligi va mantiqiy fikrlash qobiliyatini namoyon etdilar. Ayniqsa, jamoaviy o‘yinlarda hamkorlik, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va sport etikasi alohida ko‘zga tashlandi.
Tadbir davomida talabalarga muntazam sport bilan shug‘ullanishning ahamiyati, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash hamda zararli odatlardan yiroq bo‘lish bo‘yicha tushunchalar berildi. Sport nafaqat jismoniy salomatlikni mustahkamlashi, balki iroda, intizom va mas’uliyatni ham tarbiyalashi ta’kidlandi.
Mazkur saralash bellashuvlari Talabalar ligasining keyingi bosqichlari uchun munosib ishtirokchilarni aniqlash bilan birga, universitetda sog‘lom va faol muhitni shakllantirishga xizmat qildi.

