Yangiliklar

img
Thu, 05/07/2026 - 15:43

Sport – sog‘liq garovi!

2026-yil 7-may kuni universitet hududida ertalabki badantarbiya va yugurish mashg‘ulotlari ko‘tarinki ruh, yuqori kayfiyat hamda faol ishtirok bilan tashkil etildi. Mazkur sport tadbiri talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish maqsadida o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlar universitet bosh murabbiysi Alimboeva Roziya Davulboevna boshchiligida oldindan ishlab chiqilgan reja asosida olib borildi. Dastlab ishtirokchilar uchun umumiy badantarbiya mashqlari tashkil etilib, tana mushaklarini chiniqtirish va jismoniy tayyorgarlikni mustahkamlashga qaratilgan turli mashqlar bajarildi. Shundan so‘ng talabalar yugurish texnikasi, to‘g‘ri nafas olish, tezlikni me’yorida taqsimlash hamda chidamlilikni oshirishga xizmat qiluvchi amaliy mashg‘ulotlarda faol qatnashdilar.

Tadbir davomida talabalar “Talaba-yugur” musobaqalariga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida jismoniy chiniqish va sport mahoratini oshirishga alohida e’tibor qaratdilar. Mashg‘ulotlar jarayonida ishtirokchilarning intizomi, sportga bo‘lgan qiziqishi va faol harakati barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Shuningdek, ertalabki sport mashg‘ulotlari talabalarning kunni tetik va samarali boshlashiga, sog‘lig‘ini mustahkamlashiga hamda irodaviy fazilatlarini shakllantirishga xizmat qildi. Bunday tadbirlar yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Universitetda sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan bunday mashg‘ulotlar muntazam ravishda davom ettirilmoqda.