Yangiliklar

img
Mon, 02/16/2026 - 10:43

So'rovnomada ishtirok eting!

Hurmatli talabalar!

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida ta’lim sifati, o‘quv jarayonining samaradorligi hamda talabalar ehtiyoj va takliflarini o‘rganish maqsadida 2025–2026 o‘quv yili doirasida onlayn so‘rovnomalar rejalashtirilgan.

Mazkur so‘rovnomalar talabalarning ta’lim jarayoni, dars sifati, professor-o‘qituvchilar faoliyati, infratuzilma va xizmatlar yuzasidan fikr-mulohazalarini aniqlashga xizmat qiladi.

Talabalar quyidagi toifalar bo‘yicha o‘zlariga tegishli havola orqali so‘rovnomada ishtirok etishlari so‘raladi:

1. Bakalavriat (kunduzgi va kechki ta’lim shakli) talabalari uchun:
Havola: https://forms.gle/yYpEvHS24tT8LAKBA

2. Magistratura (kunduzgi ta’lim shakli) talabalari uchun:
Havola: https://forms.gle/cxdUQH7FZ2BYikBd8

3. Bakalavriat va magistratura (masofaviy ta’lim shakli) talabalari uchun:
Havola: https://forms.gle/wGKhH1JdkyYPZ29x9

Eslatma: har bir talaba faqat bir marta so‘rovnomada ishtirok etish huquqiga ega.
So‘rovnoma o‘tkazish muddati: 2026-yil 16-fevraldan 21-fevralga qadar.

Barcha talabalardan belgilangan muddatlarda faol ishtirok etish, so‘rovnomani to‘liq va xolisona to‘ldirish so‘raladi. Sizning fikr va takliflaringiz ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.