Yangiliklar

img
Thu, 04/09/2026 - 14:38

Sog‘lom hayot sari dadil qadam!

Bugun 9-aprel kuni soat 7:00 dan boshlab universitet hududida ertalabki badantarbiya va yugurish mashg‘ulotlari yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur mashg‘ulotlar universitet bosh murabbiysi Alimboeva Roziya Davulboevna boshchiligida olib borildi.

Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Gulnoza Jo’rayeva ham faol ishtirok etib, talabalar bilan bir safda mashg‘ulotlarda qatnashdi. Bu esa talabalarga yanada katta motivatsiya va ruhiy ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Mashg‘ulotlar davomida talabalar 3000 metr masofaga kross yugurish, qisqa masofalarga tezkor yugurish hamda yugurish texnikasini to‘g‘ri bajarishga qaratilgan maxsus mashqlarni bajardilar. Shuningdek, mashg‘ulotlar oldidan va yakunida umumiy jismoniy tayyorgarlikni mustahkamlovchi badantarbiya mashqlari bajarildi.

Tongning musaffo havosi, faol harakat va birgalikdagi mashg‘ulotlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Talabalar ushbu tashabbusdan mamnun bo‘lib, ertalabki mashg‘ulotlarni muntazam davom ettirish istagini bildirdilar.