Yangiliklar

img
Thu, 05/07/2026 - 09:52

Sog’lom bola-sog’lom kelajak

Joriy yilning 6-may kuni Yakkasaroy tumani “Tepa” mahallasida 25 nafar aholi ishtirokida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbir Toshkent davlat texnika universiteti (TOShDO‘TAU) psixologi Nozima To‘xtayeva tashabbusi bilan o‘tkazilib, unda mahalla xotin-qizlar faoli, shifokorlar N. Shermatova, F. Davronova hamda profilaktika inspektori U. Karimova ishtirok etdi.

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-331-sonli qarori ijrosini ta’minlash, xususan, 2026–2030-yillarda kam uchraydigan (orfan) va irsiy-genetik kasalliklarning oldini olish, sog‘lom oilani shakllantirish hamda sog‘lom bola tug‘ilishini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga orfan kasalliklar, ularning turlari, kelib chiqish sabablari hamda bunday kasalliklarga chalingan insonlarning tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordamga muhtojligi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, nikohdan oldingi tibbiy ko‘riklarning ahamiyati va kasalliklarning oldini olish choralariga alohida e’tibor qaratildi.

 

Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.