Yangiliklar

img
Thu, 03/05/2026 - 14:31

Samarqandda O‘zbekiston–Vengriya rektorlarining uchinchi forumi boshlandi

2026-yil 5-mart kuni Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Raqamli davrda oliy ta’lim: sun’iy intellekt, innovatsion modellar va global raqobatbardosh universitetlar” mavzusida O‘zbekiston–Vengriya rektorlarining uchinchi forumi o‘z ishini boshladi.

Mazkur nufuzli xalqaro forumda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov ham ishtirok etmoqda.

Forum oliy ta’lim tizimida raqamli transformatsiya jarayonlari, sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’limga joriy etilishi, innovatsion boshqaruv modellari hamda global raqobatbardosh universitetlar faoliyatini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan.

Tadbirni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Vengriya Rektorlar konferensiyasi prezidenti Bela Merkeli, Vengriyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi József Rózsa hamda Óbuda universiteti rektori Levente Kovach kirish so‘zlari bilan ochib berdilar.

  

Mazkur forum O‘zbekiston va Vengriya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy-akademik hamkorlikni mustahkamlash, qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish hamda xalqaro ilmiy aloqalarni kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.