Samarali hamkorlik istiqbollari
Mazkur yilda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Psixologiya va sotsiologiya kafedrasi hamda Sank- Peterburg texnologik instituti (texnik universitet) ning Sotsiologiya kafedrasi o‘zaro ilmiy-amaliy hamkorligiga 3 yil to‘ldi.
Shu munosabat bilan hamda Sank- Peterburg texnologik instituti (texnik universitet) rahbariyati Psixologiya va sotsiologiya kafedrasi pedagogik jamoasiga faol hamkorlik uchun minnaddorchilik xati jo‘natdi. Keyingi yillarda har ikkala kafedra professor-o‘qituvchilari xoroijiy talabalar uchun onlayn ma’ruzalar olib borishdi, hamkorlikdagi ilmiy maqolalar chop etishdi va xalqaro konferensiya va ilmiy seminarlarda faol ishtirok etishdi.
Yaqinda universitetimizda o‘tkazilgan “Zamonaviy dunyoda sotsiologiya va amaliy psixologiya muammolari”ga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Sank- Peterburg texnologik instituti (texnik universitet) ning Sotsiologiya kafedrasi vakillari, Sank- Peterburg texnologik instituti (texnik universitet) tomonidan tashkil etilgan “Zamonaviy dunyo haqiqatlarida zaiflik muammosi: psixologik va sotsiologik jihatlar” mavzusidagi xalыaro konferensiyada Psixologiya va sotsiologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Minnaddorchilik xatida e’tirof etilishicha oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi bunday samimiy do‘stlik va hamkorlik munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikka ham o‘z munosib ulushini qo‘shadi.
Kelajakda ushbu xorijiy oliy o‘quv yurti va universitetimiz o‘rtasidagi hamkorlik yangi pog‘onaga ko‘tarilib, ta’lim integratsiyasining rivojlanishiga shuningdek, ikkala2 mamlakat sotsiologik va psixologik ilmiy jamiyatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarini mustahkamlashga yordam beradi.

