Yangiliklar

img
Sun, 06/14/2026 - 14:47

Raqamli tilshunoslik sohasidagi yangi ilmiy natija

Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Manzura Abjalova hammuallifligidagi “Integrating Thesaurus-Based Knowledge into Transformer Models for Semantic Understanding of Domain-Specific Texts” (“Maxsus soha matnlarini semantik jihatdan tushunish uchun tezaurus bilimlarini transformer modellarga integratsiya qilish”) nomli ilmiy maqola Scopus xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasida indekslangan Q1 darajadagi nufuzli jurnalda chop etildi.  

Mazkur tadqiqot sun’iy intellekt va tabiiy tilni qayta ishlash (Natural Language Processing – NLP) yoʻnalishidagi zamonaviy transformer modellari (BERT, RoBERTa va boshqalar) hamda tezaurus asosidagi leksik-semantik bilimlarni integratsiya qilish orqali maxsus soha matnlarining mazmunini yanada chuqurroq tushunishga qaratilgan.  

Tadqiqot natijalari tezaurusdagi sinonim, giperonim va boshqa semantik bogʻlanishlarni transformer modellariga qoʻshish matn ma’nosini aniqroq anglash, terminologik farqlarni toʻgʻri talqin qilish hamda soha ichidagi murakkab semantik munosabatlarni samarali aniqlash imkonini berishini koʻrsatdi.  

Mazkur ilmiy ish tibbiyot, huquq, texnika, konchilik kabi turli maxsus yoʻnalishlarga oid matnlarni tahlil qilish, axborot qidiruvi, matnlarni tasniflash hamda nomlangan obyektlarni aniqlash (NER) kabi sun’iy intellektning dolzarb yoʻnalishlari rivojiga muhim hissa qoʻshadi.  

Maqolaning toʻliq matni bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

https://www.mdpi.com/2073-431X/15/5/297

Mazkur yutuq Oʻzbek tilshunosligi kafedrasida olib borilayotgan sun’iy intellekt, raqamli tilshunoslik va tabiiy tilni qayta ishlash yoʻnalishidagi ilmiy izlanishlarning xalqaro ilmiy hamjamiyat tomonidan e’tirof etilayotganining yana bir yorqin namunasidir.