Yangiliklar

img
Fri, 06/19/2026 - 10:49

Rahbar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi

2026-yil 18-iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning murojaat va takliflarini tinglash hamda ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.  

Uchrashuvda Toshkent shahar Adliya boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i A. A’zamov, Yakkasaroy tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i E. Askarov hamda universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Gulnoza Jurayeva ishtirok etdi.

Tadbir davomida yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklarning mazmun-mohiyatini keng tushuntirish, shuningdek, talabalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflarini bevosita mutaxassislarga yo‘llash imkoniga ega bo‘ldilar. Bildirilgan murojaatlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilib, yoshlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash hamda ularning faolligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tavsiyalar bildirildi.

 

Mazkur uchrashuv talaba-yoshlarning huquqiy ongi va fuqarolik mas’uliyatini oshirish, ular bilan samarali muloqotni yanada rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim platforma bo‘ldi.