Yangiliklar

img
Tue, 05/12/2026 - 17:53

“Qurama” jamoasi — 3-mintaqaviy yarim final bosqichi g‘olibi

“Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovining 3-mintaqaviy yarim final bosqichida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti sharafini himoya qilgan “Qurama” jamoasi munosib ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Tanlov davomida jamoa a’zolari milliy qadriyatlarimizni targ‘ib etishga qaratilgan mazmunli chiqishlari, ijodiy yondashuvi, sahna madaniyati hamda jamoaviy hamjihatligi bilan hakamlar hay’ati va tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, xalqimizning boy ma’naviy merosi, urf-odatlari va an’analarini zamonaviy talqinda namoyon etgani jamoaning yuksak tayyorgarligini ko‘rsatdi.

Mazkur muvaffaqiyat universitetimiz talaba-yoshlarining bilim va salohiyati, milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmati, Vatanga sadoqati hamda ma’naviy yetukligining yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi. “Qurama” jamoasi a’zolarining fidokorona mehnati, izlanishi va mas’uliyat bilan yondashuvi ushbu yuksak natijaning qo‘lga kiritilishida muhim ahamiyat kasb etdi.

niversitet jamoasi nomidan g‘olib jamoani ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etamiz. Kelgusidagi bosqichlarda ham ularga omad, ilhom va yanada yuksak zafarlar tilaymiz.