Yangiliklar

img
Wed, 05/31/2023 - 23:00

Qozoq olimidan ilmiy ma'ruza

31-may kuni O‘zbek adabiyoti tarixi kafedrasi tashabbusi bilan ilmiy seminar tashkil etildi. Seminarda Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti Turon-Eron ilmiy tadqiqot markazi direktori, filologiya fanlari doktori, professor Islom Jemeney ma'ruza qildi.
Ma'ruza "Boburnoma"ning qozoq tiliga tarjimasi va lug‘at yaratish mezonlariga bag‘ishlandi.
O'zbekiston dunyo boburshunosligining markaziga aylandi, desak aslo mubolag'a bo'lmaydi. Bu e'tirof bugun Islom Jemeney tomonidan alohida qayd etildi.
Suhbat davomida Islom Jemeneyning "Tarix-i Rashidi" tarjima asari haqida ham iliq fikrlar bildirildi.