Yangiliklar

img
Fri, 03/06/2026 - 11:31

Professorimiz Oliy Majlis Senati “Faxriy yorligʻi” bilan taqdirlandi

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida ilm-fan va ta’lim sohasida salmoqli natijalarga erishgan bir guruh xotin-qizlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan, ilmiy-pedagogik faoliyati, tashabbuskorligi hamda jamiyat hayotidagi faol ishtiroki bilan ajralib turgan olima va mutaxassislar e’tirof etildi.  

Mazkur e’tirof doirasida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi Odinaxon Jamoldinova ham Oliy Majlis Senati Raisining “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlandi.

Ta’kidlanganidek, taqdirlangan xotin-qizlar oliy ta’lim tizimida ilm-fanni rivojlantirish, ta’lim sifati va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, jamiyatda gender tengligini ta’minlash yo‘nalishlarida samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Ularning ilmiy izlanishlari, tashabbuslari va amaliy ishlari mamlakatimiz ilmiy salohiyatini mustahkamlash hamda yosh avlodni ilm-fan yo‘liga keng jalb etishga xizmat qilmoqda.  

  

Mazkur mukofot universitet jamoasi uchun ham katta e’tirof bo‘lib, oliygohda olib borilayotgan ilmiy, ma’rifiy va ijtimoiy faoliyatning munosib bahosi sifatida qaralmoqda.