Yangiliklar

img
Mon, 02/23/2026 - 17:25

Prezident va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari taqdirlandi

Joriy yilning 23-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun Prezident va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, stipendiat talabalar hamda ularning ustozlari ishtirok etdi. Marosim avvalida 2025/2026-o‘quv yilida nufuzli davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lgan talabalar e’lon qilindi.

Joriy o‘quv yilida quyidagi talabalar yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sovrindori — Sarvinoz Baratova.

Navoiy nomli davlat stipendiyasi sovrindorlari — Avazbek Ergashev, Ferangiz Yusupova, Sevinch Xurramova.

Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sovrindori — Elgiza Sobirova.

  

Taqdirlash marosimida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Nozliya Normurodova stipendiatlarni samimiy qutlab, ushbu yutuq ularning izchil mehnati, ilmiy izlanishlari va yuqori akademik ko‘rsatkichlari natijasi ekanini ta’kidladi. U davlat stipendiyasi sohibi bo‘lish nafaqat sharaf, balki katta mas’uliyat ekanini qayd etib, talabalarni ilmiy faoliyatni yanada kengaytirishga, respublika va xalqaro miqyosdagi loyihalarda faol qatnashishga da’vat etdi.

  

Shuningdek, stipendiatlarning ustozlariga minnatdorlik bildirilib, yoshlarning yutuqlarida ularning ilmiy rahbarligi va pedagogik mahorati muhim o‘rin tutishi alohida e’tirof etildi.

Tadbir yakunida sovrindorlarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. Universitet jamoasi stipendiat talabalar hamda ularning ustozlarini ushbu muvaffaqiyat bilan muborakbod etadi va kelgusidagi faoliyatlarida yangi yutuqlar tilaydi.