O‘zbek tilshunosligi kafedrasi

img

O‘zbek tilshunosligi kafedrasi 2016-yilda tashkil etilgan. Kafedra 2022-yil 28-avgustda tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat olib bormoqda. 

Kafedra mudiri: filologiya fanlari doktori, professor Zulxumor Xolmanova.

Kafedra tarkibi:  Asosiy shtatdagi 15 nafar professor-o‘qituvchilarning 3 nafari fan doktori (1 nafar professor,  2 nafar professor v.b.), 1 nafar dotsent, 3 nafari  falsafa doktori (yoki fan nomzodi) ilmiy darajasiga ega.

Kafedraning ilmiy salohiyati:  52 %

Kafedraning ustuvor  yo‘nalishlari
•    Barcha o‘quv shakllari bo‘yicha Oliy ta’limning davlat ta’lim standartiga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarda belgilangan ma’ruzalar, laboratoriya, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish.
•    Talabalarning malakaviy amaliyotiga, kurs loyihalariga, bitiruv malakaviy ishlariga, magistrlik dissertatsiyalariga, shuningdek, mustaqil ishlariga rahbarlik qilish.
•    Talabalar bilimini baholashda reyting nazoratini joriy etish, reyting tizimi asosida joriy, oraliq va yakuniy baholashni belgilangan mezon asosida o‘tkazish, talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish.
•    Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakaviy kadrlarni tayyorlash.
•    Kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiq etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlariga taqriz va xulosalar tayyorlash.
•   Kafedra yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha DTS, o‘quv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish va takomillashtirish;
•   Iqtidorli talabalar bilan ishlash, shuningdek, “El-yurt umidi” jamg‘armasi tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil tayyorlanish shakl va  uslublarini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish va ularni ilmiy-tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy-uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratish.

Kafedra tomonidan o‘qitiladigan yo‘nalish va mutaxassisliklar:
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun:
60230100 - Filolgiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili).
60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti;
5120900 – O‘zbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti.
60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti.
 

Kafedrada o'qitiladigan fanlar


Hozirgi o'zbek adabiy tili (1-kurs, 60230100-Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili))
Hozirgi o'zbek adabiy tili (2-kurs, 60230100-Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili))
Hozirgi o'zbek adabiy tili (1-kurs,60111400- O'zbek tili va adabiyoti)
O'zbek adabiy tiliningmeyorlari tizimi (2-kurs, 60230100-Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili))
O'zbek terminologiyasi (2-kurs, 60230100-Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili))
O'zbek tili tarixi (2-kurs, 60230900-Folklorshunoslik va shevashunoslik)
O'zbek tili tarixi (3-kurs, 60230100-Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili))