O‘zbek tilining raqamli rivojida navbatdagi ilmiy yutuq
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Kompyuter lingvistikasi va raqamli texnologiyalar kafedrasi professori S. Normamatovning ilmiy maqolasi nufuzli Scopus bazasiga kiritilgan Q1/Q2 toifasidagi xalqaro ilmiy jurnalda nashr etildi.
Maqola “Hissiyot tahlili va nomlangan obyektlarni aniqlash (NER) uchun ikki manbali sun’iy o‘zbek korpuslari”
(“Dual-Source Synthetic Uzbek Corpora for Sentiment Analysis and Named Entity Recognition (NER)”) mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda o‘zbek tili uchun sun’iy korpuslar yaratish va ularni zamonaviy kompyuter lingvistikasi hamda raqamli texnologiyalar doirasida qo‘llash masalalari ilmiy asosda yoritilgan.
Mazkur tadqiqot o‘zbek tilini raqamli muhitda rivojlantirish, tabiiy tilni qayta ishlash sohasida ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Maqola bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:
https://www.mdpi.com/2306-5729/11/2/28
https://doi.org/10.3390/data11020028
Professor S. Normamatovni ushbu muhim ilmiy yutug‘i bilan tabriklaymiz va kelgusidagi ilmiy izlanishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

